Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Emine Erdo‘g‘an zilzila hududidan Anqaraga olib kelingan chaqaloqlarni borib ko‘rdi

A A A
Emine Erdo‘g‘an zilzila hududidan Anqaraga olib kelingan chaqaloqlarni borib ko‘rdi


Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning rafiqasi, birinchi xonim Emine Erdo‘g‘on poytaxt Etlik kasalxonasiga olib borilgan zilziladan omon qolganlarni ziyorat qildi.

Bir yoshga ham to‘lmagan 16 chaqaloq prezident samolyotida Qahramanmarasdan Anqaraga olib ketildi.

Ularning eng kichigi 6 kunlik, eng kattasi esa endigina 2 oylik.

Doktor Gyungerer chaqaloqlar o‘tkazgan muolajalar haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarning ahvoli barqaror va ularga hech narsa tahdid solmaydi.

«Ulardan ikki nafari vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular reanimasiya bo‘limida. Ular bir muncha vaqt qattiq nazorat ostida bo‘lishadi», dedi shifokor AA muxbiriga.

Emine Erdo‘g‘an kasalxonaga borganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:

«Prezidentimiz ko‘rsatmasi bilan Qahramanmaroshdan Prezident samolyotida olib kelingan zilzila qurbonlari bo‘lgan 16 nafar go‘dakning sog‘ligi umidlarimizni yangiladi. Ular davlatimizning ishonchli qo‘llarida. Men ham taraqqiyotni kuzatib boraman. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan barcha bolalarimizga xushxabar, jabrlangan go‘daklarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilayman».

Kiritildi: 14:34 09.02.2023. O'qildi: 2646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!