Bugun 25 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Elit OCHL. «Nasaf» Qarshida «Traktor»ga yutqazdi

Elit OCHL. «Nasaf» Qarshida «Traktor»ga yutqazdi

OFK Elit Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida Qarshidagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tgan «Nasaf» – «Traktor» uchrashuvi keskin va xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi.

Mezbonlar o‘yinni juda faol va xavfli hujumlar bilan boshladi. Dastlabki daqiqalardayoq eronliklar darvozasi oldida o‘ta xavfli vaziyat yaratildi, biroq mezbonlar vaziyatni golga aylantira olmadi.

17-daqiqada esa bahsdagi yagona gol urildi — Reggi Lushkya "Traktor"ni oldinga chiqishdi.

Birinchi bo‘limning qolgan qismi qarshi hujumlar va imkoniyatlar bilan o‘tdi. «Traktor» bir necha bor xavfli vaziyat yaratdi, ammo Abduvohid Ne’matov o‘z darvozasini ishonchli himoya qildi.

Ikkinchi bo‘lim yanada jonli o‘tdi. «Nasaf» murabbiylar shtabi 58-daqiqadan boshlab bir nechta taktik o‘zgartishlarni amalga oshirdi: Nurulloyev va Norchayev o‘rniga Cholovich hamda Abdunazarov maydonga tushdi. Bu o‘zgarishlar hujumni kuchaytirishga qaratilgan edi va buning samarasi uzoq kuttirmadi — Sharof Muhitdinovning kuchli zarbasini raqib darvozaboni qiynalib bo‘lsa-da qaytardi.

«Nasaf» o‘yinni tiklash uchun bor kuch bilan harakat qildi. 74-daqiqada Siddiqov maydonga paydo bo‘ldi, 85-daqiqada esa Otabanjo va Golban o‘yinga qo‘shildi. Ammo bosim va faollikka qaramay, hisob o‘zgarmadi.

Uchrashuvni jonli tomosha qilish uchun «Markaziy» stadionga 5283 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ularning qo‘llab-quvvatloviga qaramay, «Nasaf» muhim ochkolarni qo‘lga kirita olmadi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi Elit OCHLda ketma-ket beshinchi mag‘lubiyatni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Elit OCHL. 5-tur
"NASAF" - "TRAKTOR" (Eron) - 0:1
Gol: Regi Lushkya (17)

Kiritildi: 20:55 24.11.2025. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!