Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

Elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

Mazkur masala bo‘yicha qonun loyihasi parlament muhokamasiga kiritildi.

Fraksiya a’zolarining ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda tamaki va nikotin mahsulotlarining «zamonaviy» va «innovasion» turlari, xususan, nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining mamlakatimizga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda.

Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paydi.

Ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutilyapti.

Kiritildi: 19:52 06.01.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!