O‘zbekistonda elektromobil xaridi uchun olingan avtokredit foizining bir qismini davlat tomonidan qoplash taklif etilmoqda.
Qaror loyihasiga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan boshlab:
▪️ narxi BHMning 1000 baravaridan oshmaydigan elektromobillar uchun;
▪️ birlamchi bozordan xarid qilinganda;
▪️ 300 mln so‘mgacha bo‘lgan avtokreditlar bo‘yicha kompensasiya beriladi.
Davlat kreditning dastlabki 2 yilida 16 foizdan yuqori bo‘lgan, ammo 8 foiz bandidan oshmaydigan qismini qoplab berishi rejalashtirilmoqda.
Kompensasiya avtomatik berilmaydi. Fuqaro kredit rasmiylashtirayotganda bankka arizasida ushbu imtiyozdan foydalanish istagini ko‘rsatishi kerak. Bunda qarz oluvchi kreditga layoqatli bo‘lishi va muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi shart.
Agar kredit to‘lovlari 3 oy ketma-ket amalga oshirilmasa, kredit muddatidan oldin yopilsa yoki shartnoma bekor qilinsa, kompensasiya to‘lash to‘xtatiladi.