Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Elektrdan o‘zboshimcha foydalangan fuqaroning COBALT mashinasi xatlandi

Elektrdan o‘zboshimcha foydalangan fuqaroning COBALT mashinasi xatlandi

Mamlakatimizda energetika sohasida islohotlar davom etmoqda va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish va kengaytirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

Biroq, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar ham uchrab turmoqda.

Xususan, Jinoyat ishlari bo‘yicha SH.Rashidov tuman sudining 10.10.2024 yildagi qarzdor K.D. dan «Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ foydasiga muqaddam huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan 4,73 mln. so‘m qarzini undirish yuzasidan ijro varaqasi Byuroning SH.Rashidov tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan.

Davlat ijrochilarining ijro harakatlari natijasida qarzdorga tegishli «COBALT» rusumli transport vositasi hatlanib jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Qarzdor yetkazilgan zararni qoplamagan taqdirda mazkur avtotransport auksion savdolarida sotilib, tushgan pullardan qoplanadi.

Kiritildi: 18:35 14.11.2024. O'qildi: 460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!