Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eldor Shomurodov 30 yoshda!

Eldor Shomurodov 30 yoshda!

O‘zbek futbolining bugungi kundagi yorqin yulduzi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Roma" hulumchisi Eldor Shomurodov bugun roppa rosa 30 yoshni to‘ldirdi.

Eldor Azamat o‘gli Shomurodov 1995 yilning 29 iyun sanasida Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tavallud topdi. Futbolchilik faoliyatini "Mash’al"da boshlagan Shomurodov, keyinchalik "Bunyodkor", "Rostov", "Jenoa", "Spesiya", "Kalyari", "Roma" jamoalarida o‘ynadi.

Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasini sardor sifatida Jahon chempionatining final raundiga olib chiqqanligi bilan tarix yaratdi. Milliy terma jamoada 82 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 42 ta gol urgan va terma jamoamiz rekordchisi sanaladi. Shomurodov Olimpiada o‘yinlari final raundida O‘zbekistonning birinchi goli muallifidir.

Kiritildi: 17:02 29.06.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!