Bugun 8 avgust, 2025 yil, juma

КИР

El-Ninyo hodisasi dunyo atmosfera havo oqimlari harakatini keskinlashtirishni boshladi

A A A
El-Ninyo hodisasi dunyo atmosfera havo oqimlari harakatini keskinlashtirishni boshladi

Janubiy yarim sharda joylashgan Chilida qish oyining eng sovuq davrlarida g‘ayritabiiy +39°C issiqlik kuzatildi.

Shimoliy yarim sharda esa havo oqimlari o‘zini "boshqacha tutishni" boshlab yuborgan. Xitoy shimolidagi juda yuqori issiqlik foni Koreya yarim orolida g‘ayritabiiy yuqori haroratni taqdim etdi. Undan tashqari, bu yuqori harorat Tinch okeanidan to‘fonni "chaqirib", Xitoyning yirik shaharlari suv ostida qolmoqda.

Atlantika okeani shimolida suv haroratining haddan tashqari isishi ham Atlantika havo oqimi tebranishlarini o‘zgartirdi. Iyul so‘ngida sovuq to‘lqin fronti Yevropa markazida ko‘p yog‘in va biroz yuqori tog‘liklarga qorni ulashdi. Yevropa janubi Sahroyi Kabirning issiq havo to‘lqinini qabul qildi.

Eronda avgust oyi boshida Axvazda +52 darajagacha yuqori issiqlik kutilmalari ish kunining dam olish kunlarigacha ko‘chirilishiga olib keldi. Markaziy Osiyoda esa issiqlik to‘lqinlari davom etmoqda. Keskinlik g‘ayritabiiy darajada bo‘lmasada muttasil kuzatilayotgan bu havo to‘lqini ko‘plab tarmoqlar faoliyatiga biroz ta’sir ko‘rsata olmoqda.

Kiritildi: 23:49 02.08.2023. O'qildi: 3141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!