Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ekrem Imamog‘lu hibsga olingandan so‘ng turk lirasi kursi rekord darajada quladi — Yahoo Finance

Ekrem Imamog‘lu hibsga olingandan so‘ng turk lirasi kursi rekord darajada quladi — Yahoo Finance

Toshkent vaqti bilan soat 12:42 da lira kursi 1 dollar uchun 40,95 liraga tushib, o‘z tarixidagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Keyinchalik valyuta biroz tiklandi va 1 dollar uchun 38,91 lirani tashkil qildi.

Bundan tashqari Turkiya fond bozorida ham pasayish kuzatildi. “Interfaks” xabariga ko‘ra, Borsa Istanbul 100 fond indeksining qiymati sessiya boshida 6,9% ga tushib ketdi, natijada aksiyalar savdosi to‘xtatildi. Savdolar qayta tiklangach, indeksning pasayishi 4,6% ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Turkiya hukumati Istanbul meri, muxolif siyosatchi Ekrem Imomog‘luni korrupsiya ishi doirasida hibsga olgan edi.

Kiritildi: 13:41 19.03.2025. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!