Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ekopartiya Toshkent havosi bo‘yicha o‘z havotirini bildirdi

Ekopartiya Toshkent havosi bo‘yicha o‘z havotirini bildirdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan chuqur xavotirda ekanini bildirdi hamda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovini kiritishini ma’lum qildi.

Bugungi kunda Toshkent shahri atrofida 1314 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan 631 ta issiqxonaning 60 foizi ko‘mirdan foydalanmoqda. O‘zbekiston ekologik partiyaning ma’lum qilshicha, shahar havosining yomonlashuvida issiqxonalarning ham zarari katta.

Shuningdek, havoning ifloslanishiga ko‘plab sanoat korxonalarida uskunalarning ma’nan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar o‘rnatish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi sabab bo‘lmoqda.

"O‘zbekiston Ekologik partiyasi atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan chuqur xavotirda ekanini bildiradi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan bu muammoga qarshi tezkor choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlaydi va belgilangan tartibda deputatlik so‘rovini kiritadi" deyiladi partiya xabarnomasida.

Shuningdek, Toshkent shahar havosi ifloslanishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun tizimli ravishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 02:11 05.11.2024. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!