Siz yon-atrofingizda daraxt kesilishi, chiqindi tashlanishi va boshqa shu kabi atrof-muhitga zarar yetkazadigan holatlarga duch kelsangiz, bu haqda @ecogovuz_bot orqali matn, surat va video shaklida bizga ma’lum qilishingiz mumkin.
Shuningdek, bot orqali o‘z fikr va takliflaringizni ham yuborish imkoniga egasiz.
Telegram bot orqali murojaat yuborish tartibi quyidagicha:
— Ism-familiyangizni kiritasiz;
— Telefon raqamingizni kiritasiz;
— Hududni tanlaysiz;
— Qoidabuzarliklar turini tanlaysiz;
— Huquqbuzarlik sodir etilgan manzilni kiritasiz;
— Huquqbuzarlik tavsifini (surat yoki matn) belgilaysiz.