Bolgariyada yevroning kiritilishiga qarshi chiqishmoqda. Namoyishlarni millatchi va rossiyaparast partiya va guruhlar uyushtirgan.
Bolgariya poytaxti Sofiya va boshqa yirik shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Sofiyadagi namoyishchilar rossiyaparast Vazrajdane partiyasi bayroqlarini ko‘tarib, “Bolgariya sherining jangi Bolgariya uchun so‘nggi jangdir” shiori ostida namoyish o‘tkazdi. Yevroning muxoliflari esa bu inflyasiya ortib borishi va xarid qobiliyatini yo‘qotishiga tahdid solayotganini aytib, hukumatdan bu borada referendum o‘tkazishni talab qilmoqda.
Evroga qarshi chiqqanlar orasida Bolgariya prezidenti Rumen Radev ham bor. U referendum o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi. Ammo Bolgariya parlamentidagi yevropaparast ko‘pchilik bu taklifni rad etdi va Radevni rossiyaparast harakatlarda aybladi.
Evroning joriy etilishi mamlakatning Yevropa Ittifoqiga integrasiyalashuvi yo‘lidagi yakuniy qadami bo‘lishi kerak, Bolgariya unga 2007-yilda qo‘shilgan. Yevropa Komissiyasi 4-iyun kuni Bolgariyaning 2026-yil 1-yanvardan yevroga o‘tishini ma’qullab, uni yagona valyuta zonasidagi 21-mamlakatga aylantirishi kutilmoqda. Yevroning Bolgariya leviga nisbatan yakuniy kursi iyul oyida belgilanadi. Shu bilan birga, Bolgariya YEIdagi eng qashshoq davlat bo‘lib qolmoqda.