Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

EIda bo‘rilarni ko‘proq otishga ruxsat berildi

EIda bo‘rilarni ko‘proq otishga ruxsat berildi

Evropa Ittifoqi davlatlari bo‘rilar populyasiyasini kamaytirishga qaratilgan tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Endi bo‘rilar maqomi «qattiq qo‘riqlanuvchi» emas, balki shunchaki «qo‘riqlanuvchi» turga aylanadi, bu esa milliy hukumatlarga ushbu yirtqichlarni otishga ko‘proq ruxsatnoma berish imkoniyatini taqdim etadi. Hozirda YEIda bo‘rilar faqat insonlar va yaylovdagi hayvonlarga xavf tug‘dirsagina ularni otishga ruxsat beriladi. Amalda buning uchun ruxsat olish juda qiyin, ko‘pincha DNK tahlili natijalarini kutishga to‘g‘ri keladi.

Bo‘rilarga nisbatan himoya maqomini pasaytirishga qarshi chiqqan Germaniya atrof-muhit vaziri, «yashillar» partiyasi vakili Shteffi Lemke pozisiyasini o‘zgartirganidan keyin YEI o‘z qarorini qabul qilishga erishdi. «Oxirgi yillarda bo‘rilar soni shunday o‘zgardiki, mazkur qaror tabiat va hayvonlarni himoya qilish nuqtai nazaridan o‘zini oqlaydi», — deydi u ovoz berish jarayonidan keyin.

Evrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ham mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan. OAVning yozishicha, 2022 yilda uning Dolli laqabli ponisini bo‘ri g‘ajib tashlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropada 20 mingga yaqin bo‘ri mavjud bo‘lib, ular har yili kamida 65 ming bosh qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlaydi.

Fermerlar YEIning rejasidan foydalanib keladi, ammo atrof-muhitni muhofaza qilish tashkilotlari va ko‘plab olimlar unga qarshi chiqadi. «Himoya maqomining pasaytirilishidan boshqa hayvonlar jabr ko‘rmaydi», — deydi Lemke.

Kiritildi: 23:25 29.09.2024. O'qildi: 2662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!