Evropa Ittifoqi Ukrainaga 2025 yilning yanvaridan oyiga 1,5 milliard yevro miqdorida yordam beradi.
Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kayya Kallas 27 hamjamiyat mamlakati tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Yanvardan boshlab biz oyiga 1,5 milliard yevro beramiz”, dedi u.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, YEI qish oxirigacha jami 75 ming ukrainalik askarni tayyorlash niyatida.
Kallas yana bir bor Ukrainaga yordam YEI uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolayotganini va Bryussel Rossiya bilan bo‘lajak muzokaralarda Kiyev pozisiyasi mustahkam bo‘lishi uchun hamma narsani qilishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, u Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari vazirlar yig‘ilishida masofadan turib qatnashganini va frontdagi “og‘ir vaziyat” va Kiyev ehtiyojlari haqida ma’lumot berganini aytdi.