Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

EI Ukrainaning energetika infratuzilmasi uchun 160 million yevro ajratadi

EI Ukrainaning energetika infratuzilmasi uchun 160 million yevro ajratadi

Evropa Ittifoqi Ukraina energetika infratuzilmasi uchun 160 million yevro ajratadi.

Bu haqda bugun Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mablag‘ning muhim qismi, xususan, 100 million yevro Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan foydadir.

Bundan tashqari, Yevrokomissiyaning so‘nggi bayonotida qayd etilishicha, urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi Ukrainaga energetika infratuzilmasi uchun 2 milliard yevro miqdorida yordam bergan.

“Ukrainaga energiya xavfsizligini ta’minlash uchun kamida 2 milliard yevrolik yordam ko‘rsatildi, jumladan, Ukraina energetikasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi orqali”, — deyiladi Yevropa Ittifoqi bayonotida.

Kiritildi: 15:28 19.09.2024. O'qildi: 311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!