Evropa Ittifoqi 2025 yil yanvardan boshlab Ukrainaga oyiga 1,5 milliard yevro miqdorida yordam beradi.
TASS xabariga ko‘ra, bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas 27 mamlakat tashqi ishlar vazirlarining birinchi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Yanvardan boshlab oyiga 1,5 milliard yevro beramiz," - dedi u.