Politico nashrining yozishicha, Viktor Orban Ukrainaga yirik miqdordagi yordam pulini berishga qarshilik qilib, Bryussel bilan munosabatlarni keskinlashtirib yuborgan.
Endilikda YEI davlatlari Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum qilish va Orban ustidan sudga murojaat qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Nashrning yozishicha, shu paytgacha Yevropa ittifoqi Vengriya bilan jiddiy qarama-qarshilikka borishdan tiyilib kelgan. Biroq mamlakatdagi saylovlar va Orbanning ehtimoliy qayta tayinlanishi fonida bu strategiya o‘zgarishi mumkin.
Shvesiya hukumati ham bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan va Vengriya uchun “hisob-kitob vaqti” yaqinligini bildirgan.
Agar Orban 12 apreldagi saylovlarda yana g‘alaba qozonsa, unga nisbatan bosimlar yanada kuchayishi kutilmoqda.