EI «Eron Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini, shuningdek, Yaqin Sharq va Qizil dengiz mintaqasidagi qurolli guruhlar va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun» cheklovlarni kengaytirdi”, — deyiladi YEI kengashida. Yevropa Ittifoqidan Eronga raketa va uchuvchisiz uchuvchi samolyotlarni yaratish va ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi qismlarni eksport qilish, uzatish, yetkazib berish yoki sotish taqiqlandi.
Bundan tashqari, YEI Eron dronlari yoki raketalarini, shuningdek, tegishli texnologiyalar va komponentlarni Rossiya Federasiyasiga o‘tkazish uchun foydalaniladigan portlar bilan har qanday operasiyalarni taqiqladi. Bunday tashish bilan shug‘ullanadigan kemalarga har qanday xizmatlarni ko‘rsatish ham taqiqlanadi.
Shu bilan birga, YEI Kengashi Eron va Rossiya Federasiyasi o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikda ishtirok etuvchi bir shaxs va to‘rtta tashkilotga nisbatan maqsadli sanksiyalar kiritdi. Bular Eronning Eron Islamic Republic of Iran Shipping Lines (IRISL) va uning direktori Muhammad Rizo Xiabani, shuningdek, Rossiyaning MG Flot, VTS-Broker va Arapax yuk tashish kompaniyalari.