AQSh kutganidek, 15-17 iyun kunlari Kanadaning Alberta provinsiyasida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitigacha Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini tayyorlashga katta ehtimol bilan ulgurmaydi.
Bu haqda o‘z nomi oshkor etilmagan yevropalik diplomatlarga tayanib, EUObserver portali xabar berdi.
"Biz 18-sanksiya paketi bo‘yicha huquqiy matnlarni olganimiz ham yo‘q, shuning uchun ikki hafta ichida kelishuvga erishish juda ambisiyali ko‘rinadi", — deya diplomatlardan birining so‘zlarini keltiradi portal.
Boshqa manbalar yangi sanksiyalar paketi oy oxirigacha tayyor bo‘lmasligi mumkinligini va Yevropa Ittifoqi elchilari 4 iyun kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan yopiq yig‘ilishda Amerika tashabbusini muhokama qilish niyatida ekanligini taxmin qilishdi.
Portal ta’kidlaganidek, AQSh senatorlari tomonidan taklif etilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasi boshqa narsalar qatorida Yevropa davlatlariga ham zarar yetkazishi mumkin, chunki u Rossiyadan gaz sotib oluvchi mamlakatlardan AQShga importga 500 foizlik bojlar joriy etishni taklif qiladi.