Bu haqda Yevropa Kengashi sammiti kun tartibida qayd etilgan.
Kengash Yevropa Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomaning 7-moddasini Vengriyaga nisbatan qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Mazkur modda agar a’zo davlat Yevropa Ittifoqi qadriyatlarini jiddiy ravishda buzishi ehtimoli bo‘lsa, uni Ittifoqdagi ovoz berish huquqidan mahrum qilishga imkon beradi.
EI Kengashi qarorlarini bir ovozdan qabul qiladi. Shu bilan birga, Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Vengriyaga qarshi yo‘naltirilgan har qanday qarorni bloklashini ma’lum qilgan.