Evrokomissiya rahbari va NATO Bosh kotibi YEI hamda NATO o‘rtasida “yangi yuqori darajadagi ishchi guruh” tashkil etilishini e’lon qildi.
Qayd etilishicha yangi tuzilma "global tahdidlar" ga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi
"Ayrim davlatlar bizning umumiy manfaatlarimiz, qadriyatlarimiz va demokratik tamoyillarimizga turli vositalar, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, texnologik va harbiy vositalar orqali qarshi chiqishmoqda. Biz global tahdidlarga qarshi kurashda mavjud hamkorlikni mustahkamlaydigan yuqori darajali ishchi guruh tashkil etishga kelishib oldik", deyiladi Ursula fon der Lyayen va Mark Ryutte tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda.