Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

EI Gruziyadagi muxolif OAV va nohukumat tashkilotlariga mablag‘ ajratadi

A A A
EI Gruziyadagi muxolif OAV va nohukumat tashkilotlariga  mablag‘ ajratadi

Evropa Ittifoqining kengayish bo‘yicha komissari Marta Kos Yevroparlamentning Tashqi aloqalar qo‘mitasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, Gruziyadagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlari institutlari qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi. YEI avval muzlatib qo‘yilgan 100 million yevroni ayni maqsadga yo‘naltiradi. Bu mablag‘ dastlab Gruziya hukumati uchun mo‘ljallangan edi.

Shuningdek, Kos ushbu Kavkaz davlati NNT uchun 8,5 million yevro belgilangani, yaqin orada hukmron partiya rahbariyati tomonidan tarqatilgan noxolis axborotga qarshi qaratilgan “aloqa faoliyati” uchun qo‘shimcha 7 million yevro ajratilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, yanvar oyi oxirigacha YEIga a’zo davlatlar Tbilisi bilan viza kelishuvini qisman to‘xtatib turish uchun ovoz beradi.

Kiritildi: 09:35 16.01.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!