Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

YEI Gruziya hukumati uchun ajratilgan 121 million yevro moliyaviy yordamni bekor qildi

 YEI Gruziya hukumati uchun ajratilgan 121 million yevro moliyaviy yordamni bekor qildi

Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar kengashi yig‘ilishida matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Oktyabr oyida Gruziyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari mamlakatning hozirgi hukumat davridagi “demokratik chekinishini” tasdiqlaganiga munosabat bildirgan holda, Yevropa Ittifoqi Gruziya qurolli kuchlarini Yevropa tinchlik jamg‘armasi orqali qo‘llab-quvvatlashni bekor qildi, shuningdek, Tbilisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri 121 million yevro ajratishni to‘xtatdi. Bu mablag‘lar fuqarolik jamiyati va to‘g‘ridan to‘g‘ri gruzin xalqiga foyda keltiradigan dasturlarga yo‘naltiriladi", — deya aniqlik kiritdi Yevropa diplomatiyasi rahbari.

Saylovda "nima bo‘lganini diqqat bilan o‘rganish uchun" YEI Gruziyaga siyosiy missiya yuboradi va ovoz berish jarayoni buzilishiga o‘z bahosini taqdim etish uchun Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byuroning Gruziyadagi saylovni kuzatish missiyasi rahbari taklif etiladi.

Kiritildi: 18:51 19.11.2024. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!