Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

EI davlatlarining aksariyati Isroil manzilgohlari bilan savdoga cheklovlar joriy etishni qo‘llab-quvvatladi

EI davlatlarining aksariyati Isroil manzilgohlari bilan savdoga cheklovlar joriy etishni qo‘llab-quvvatladi

Evropa Ittifoqida bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil manzilgohlari bilan savdoni cheklash tashabbusi muhokama qilinmoqda.

Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning aksariyati bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Isroil manzilgohlari bilan savdoga nisbatan cheklov choralarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda dushanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI tashqi ishlar vazirlari ushbu masala yuzasidan ishni davom ettirishni elchilarga topshirgan. Shuningdek, bu masala bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi ham ehtimoldan xoli emas.

Kallas ta’kidlashicha, muhokama qilinayotgan choralar Isroilga qarshi emas, balki Bryussel fikricha, ikki davlat tamoyili asosidagi yechim istiqbollariga putur yetkazayotgan manzilgohlarga qarshi qaratilgan.

Evropa komissiyasi bir nechta cheklov variantlarini taklif etgan. Ular qatoriga manzilgohlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar importini to‘liq yoki qisman taqiqlash, eksport nazoratini kuchaytirish hamda bojlar joriy etish imkoniyati kiradi.

Evropa diplomatiyasi rahbari ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining barcha 27 a’zo davlati xalqaro huquq nuqtai nazaridan Isroil manzilgohlarini noqonuniy deb hisoblaydi. Shu bilan birga, uning qayd etishicha, manzilgohlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni alohida belgilash amaliyoti savdo hajmini sezilarli darajada qisqartirishga erisha olmagan.

Kaya Kallasning qo‘shimcha qilishicha, huquqiy xulosalardan biriga ko‘ra, bunday cheklov choralari Yevropa Ittifoqida kvalifikasiyalangan ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinishi mumkin.

Kiritildi: 21:21 14.07.2026. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!