Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

EI davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kerak - Urmas Reynsalu

EI davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishi va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi kerak - Urmas Reynsalu

Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsaluning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari Ukrainadagi urush tufayli mudofaa xarajatlarini oshirishi kerak. Vazirning ma’lum qilishicha, Estoniya mudofaa xarajatlarini YAIMning 3 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqda.

"Biz Yevropa davlatlari urush paytida va undan keyin mudofaa xarajatlarini ikki barobar oshirishini istardik va yalpi ichki mahsulotimizning 3 foizini milliy mudofaaga sarflamoqchimiz", — deydi u Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlari vazirlari bilan Kiyevga tashrifi chog‘ida Reuters agentligiga.

Rossiyaning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirishi ortidan NATOning ko‘plab a’zolari harbiy xarajatlarini oshirib bo‘lgan. Reynsalu, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordamni oshirishi kerakligini ta’kidladi.

"Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam uchun YAIMning taxminan 0,2 foizini ajratmoqda va agar biz ko‘rsatkichni 1 foizga yetkiza olsak, bu urushning borishini o‘zgartirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Estoniya Tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 22:54 28.11.2022. O'qildi: 1970 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!