Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Ehtimoliy kansler Rossiyaga shart qo‘ymoqchi

Ehtimoliy kansler Rossiyaga shart qo‘ymoqchi

Rossiya Federasiyasi Kengashi vise-spikeri Konstantin Kosachyov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Germaniya kanslerligiga nomzod Fridrix Mersning Rossiyaga shart qo‘yish haqidagi bayonotini mas’uliyatsizlik, deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” yozgan.

Nemis siyosatchisi bayonotida, jumladan, shunday degan:

– Saylovda g‘alaba qozonsam, Rossiya Prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashish va unga ultimatum qo‘yishga tayyorman. Bu shart Rossiya 24 soat ichida harbiy harakatni to‘xtatmasa, Germaniya Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berishi va ushbu qurollarni butun Rossiya hududidagi manzillarga qarshi qo‘llash cheklovini bekor qilishini nazarda tutadi.

Shubhasiz, bunday qaror GFR Rossiya Ukraina ziddiyatiga chuqur aralashishi, aniqrog‘i Taurus raketasidan foydalanish nemis harbiylarining urushdagi bevosita ishtirokini anglatadi.

Manba ta’kidlashicha, Berlin Moskvaga nisbatan ultimatum qo‘llashi nafaqat foydasiz, balki uzoqni ko‘ra olmaslikdir. Zero, bu qadam mamlakatlarning kelajakdagi munosabatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Darvoqe, Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoq orqali Kiyevga uzoq masofaga uchadigan raketalarni yetkazib berish va Rossiya hududiga keng ko‘lamli zarba yo‘llashga ruxsat berish mojaroning “eng xavotirli bosqichiga o‘tish xavfini sezilarli darajada oshirishi”dan ogohlantirgan.

Kiritildi: 22:12 12.11.2024. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!