Shanba oqshomida Efiopiya janubida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Fana davlat teleradiokorporasiyasi mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus tormoz ishlamay qolgani sababli boshqaruvni yo‘qotib, Janubiy Efiopiya mintaqaviy davlatining Volayta hududida daryoga ag‘darilib ketgani oqibatida halokat yuz bergan.
Fana nashri xabariga ko‘ra, hodisa natijasida yana 21 kishi og‘ir, yana 6 kishi yengil jarohat olgan. Mahalliy hokimiyat vakillarining aytishicha, hozirda jabrlanganlarga yaqin atrofdagi tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.