Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Edmundo Gonsales Urrutiya o‘z konstitusiyaviy vakolatlariga kirishishi kerak"

"Edmundo Gonsales Urrutiya o‘z konstitusiyaviy vakolatlariga kirishishi kerak"

Venesuela muxolifati bayonoti: “So‘nggi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan nomzod — Edmundo Gonsales Urrutiya o‘z konstitusiyaviy vakolatlariga kirishishi kerak”

Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Korina Machadoning ma’lum qilishicha, Nikolas Maduro muzokaralardan bosh tortganidan so‘ng prezidentlik lavozimidan chetlatilgan. Uning o‘rnini 2024 yil 28 iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda qonuniy ravishda saylangan Urrutiya zudlik bilan o‘zining konstitusiyaviy vakolatlarini bajarishga kirishishi lozim.

Shuningdek, u Nikolas Maduro venesuelaliklar hamda boshqa mamlakatlar fuqarolariga qarshi sodir etgan jinoyatlari uchun xalqaro sud oldida javob berishiga ishonch bildirdi.

Muxolifat yetakchisi tartibni tiklash, siyosiy mahbuslarni ozod etish va «yuksak davlat» barpo etishga va’da bergan.

Ushbu bayonot «Venesuela ozod bo‘ladi!» degan so‘zlar bilan yakunlanadi.

Kiritildi: 22:12 03.01.2026. O'qildi: 1519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!