Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

ECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

ECHLda haftaning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Real” hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi umumiy bosqichining uchinchi haftasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida Madridning “Real” klubi Germaniyaning “Borussiya Dortmund” klubini qabul qildi.

O‘yin Madriddagi (Ispaniya) "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi. “Real” 5:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Vinisius Junior xet-trik qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!