Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

ECHL. Xusanovsiz o‘ynagan "Manchester Siti" g‘alaba qozona olmadi (video)

ECHL. Xusanovsiz o‘ynagan "Manchester Siti" g‘alaba qozona olmadi (video)

"Monako" o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-tur uchrashuvida "Manchester Siti" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.

Mehmonlar safida Erling Xoland 15 va 44-daqiqalarda gol urdi. Mezbonlar tarkibida 18-daqiqada Yordan Teze gol urgan bo‘lsa, 90-daqiqada Erik Dayer penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi umumiy bosqichi jadvalida 4 ochko bilan sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi. "Monako" esa 1 ochko bilan 30-pog‘onada joylashgan.

Keyingi turda "Manchester Siti" safarda "Vilyarreal"ga qarshi o‘ynasa, "Monako" o‘z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi.

Chempionlar ligasi, 2-tur

01.10.2025, chorshanba, 23:59

Monako - Manchester Siti - 2:2

Gollar: Xoland, 15 (0:1). Teze, 18 (1:1). Xoland, 44 (1:2). Dayer, 90 - penaltidan (2:2)

Monako: Ken, Dayer, Salisu (Kabral, 82), Kerer, Teze, Kulibali (Biyeret, 82), Diatta, Vanderson (Uttara, 22), Akliush, Fati (Idumbo, 64), Balogun (Ilenixenya, 82)

Manchester Siti: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Stouns (Mateus Nunes, 72), Rodri (Gonsales, 61), Reynders, Foden, Doku (Savio, 61), Bernardu Silva, Xoland

Ogohlantirishlar: Diatta, 63 - Donnarumma, 39. Rodri, 57. Bernardu Silva, 88. Savio, 90

Kiritildi: 06:50 02.10.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!