Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

ECHL. "Liverpul" so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

ECHL. "Liverpul" so‘nggi daqiqadagi gol evaziga g‘alaba qozondi

Evropa chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turi doirasida "Liverpul" va "Atletiko" jamoalari "Enfild"da to‘qnash kelishdi va o‘yin dramatik tarzda yakun topdi.

"Qizillar" Robertson va Salohning ilk daqiqalardagi gollari evaziga 2:0 o‘rin oldi. Biroq, "Atletiko" Lyorentening ikki goli — birinchisi birinchi bo‘limda, ikkinchisi 81-daqiqada — hisobiga hisobni tenglashtirdi.

So‘nggi daqiqalarda "Liverpul" shiddatli hujumlarga o‘tdi va 90+3-daqiqada Van Deyk Soboslaining burchakdan uzatmasini boshi bilan golga aylantirdi.

Ushbu g‘alaba jamoaga muhim uch ochko ta’minlab berdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Mohammad Saloh topildi — u bir gol urdi, bir golli uzatma berdi va bir necha xavfli vaziyat yaratdi.

Chempionlar ligasi. Umumiy bosqich, 1-tur

17 sentyabr. Liverpul. "Enfild" stadioni

Hakam – Maurisio Mariani (Italiya)

Liverpul (Angliya) — Atletiko (Ispaniya) 3:2 (2:1)

Gollar: Robertson, 4 (1:0). Saloh, 6 (2:0). Lyorente, 45+3 (2:1). Lyorente, 81 (2:2). Van Deyk, 90+3 (3:2).

Liverpul: Alisson; Frimpong (Bredli, 58), Konate, Van Deyk, Robertson (Kerkez, 86); Gravenberx, Soboslay; Saloh, Virs (Ngumoa, 73), Gakpo (Makallister, 58); Isak (Ekitike, 58).

Atletiko Madrid: Oblak; Lyorente, Le Norman, Lengle, Galan; Simeone, Barrios, Gallaxer (Molina, 61), Gonsales (Pubil, 77); Raspadori (Koke, 52), Grizmann (Syorlot, 61).

Kiritildi: Bugun 06:51. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!