Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

ECHL. "Barselona" o‘z maydonida turnirning amaldagi g‘olibiga mag‘lub bo‘ldi (video)

ECHL. "Barselona" o‘z maydonida turnirning amaldagi g‘olibiga mag‘lub bo‘ldi (video)

"Barselona" o‘z maydonida Chempionlar Ligasi-2025/26 umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan bahsda "PSJ"ga 1:2 hisobida yutqazdi. O‘yin "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda gollarga Ferran Torres va Senni Mayulu mualliflik qildi. 90-daqiqada Gonsalu Ramush o‘z goli bilan parijliklarga g‘alaba keltirdi.

"PSJ" ikki turda 6 ochko jamg‘arib, ECHL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Barselona" 3 ochko bilan 16-pog‘onadan joy olgan.

Chempionlar Ligasi, 2-tur

01.10.2025, chorshanba, 23:59

Barselona - PSJ - 1:2

Gollar: Torres, 19 (1:0). Mayulu, 38 (1:1). Ramush, 90 (1:2)

Barselona: Shesni, Kubarsi, Garsiya (Kristensen, 86), Martin (Balde, 72), Kunde, Pedri (Bernal, 79), de Yong, Olmo (Kasado, 72), Reshford (Levandovski, 72), Yamal, Torres

PSJ: Shevalye, Zabarniy, Pacho, Nunu Mendesh, Xakimi, Vitinya, Zair-Emeri, Ruis (Ramush, 72), Barkolya (Li Kan In, 80), Mbay (Ernandez, 65), Mayulu (Ndjantu, 80)

Ogohlantirishlar: de Yong, 32. Olmo, 57. Kasado, 78. Yamal, 90 - Nunu Mendesh, 44. Xakimi, 87

Kiritildi: 06:43 02.10.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!