"PSJ" Chempionlar Ligasi chorak final javob o‘yinida "Aston Villa" mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mehmonlarning gollariga Ashraf Hakimiy va Nunu Mendesh mualliflik qildi. Mezbonlar safida Yuri Tilemans, Jon Makginn va Ezri Konsa o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, "PSJ" 5:4 hisobida g‘alaba qozondi (birinchi o‘yin - 3:1 parijliklar foydasiga).
Luis Enrike jamoasi Chempionlar ligasi yarim finaliga yo‘l oldi. Finalga chiqish uchun "PSJ" "Real" va "Arsenal" qarama-qarshiligida g‘olib bilan o‘ynaydi (birinchi o‘yin - 3:0 "kanonirlar" foydasiga).