Filipp Foden Chempionlar ligasining 4-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Dortmundning "Borussiya"siga (4:1) qarshi o‘yinda ikkita gol urdi.
Sovringa, shuningdek, “Ayaks”ga qarshi o‘yinda (3:0) xet-trik qayd etgan “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimhen, Praganing “Slaviya” klubiga (3:0) ikki marta gol urgan “Arsenal” yarim himoyachisi Mikel Merino va “Barselona” bilan o‘yinda gol urgan “Bryugge” vingeri Karlos Borxes ham nomzod bo‘ldi.