Bugun 29 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

ECHL-2025/2026. Pley-off saralash o‘yinlari juftliklari aniqlandi

ECHL-2025/2026. Pley-off saralash o‘yinlari juftliklari aniqlandi

2025/2026 yilgi mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichi yakuniga yetdi. Dastlabki 8 ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l oldi.

9-24-pog‘onalarni egallagan klublar esa nimchorak finalga chiqish uchun pley-off saralash bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqich juftliklari quyidagicha:

«Monako» / «Qarabog‘» — «PSJ» / «Nyukasl»;
«Bryugge» / «Galatasaroy» — «Yuventus» / «Atletiko» Madrid;
«Budyo-Glimt» / «Benfika» — «Real» Madrid / «Inter»;
«Borussiya» Dortmund / «Olimpiakos» — «Atalanta» / «Bayer»;
«Qarabog‘» / «Monako» — «Nyukasl» / «PSJ»;
«Galatasaroy» / «Bryugge» — «Atletiko» Madrid / «Yuventus»;
«Benfika» / «Budyo-Glimt» — «Inter» / «Real» Madrid;
«Olimpiakos» / «Borussiya» Dortmund — «Bayer» / «Atalanta».

Saralash o‘yinlari qur’asi 30 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Chempionlar ligasining saralash o‘yinlari 17–18 fevral va 24–25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Turnir finali Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi. Hal qiluvchi uchrashuv 2026 yil 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!