Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

DXX: Xorazmda 15 ming AQSh dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi

A A A
DXX: Xorazmda 15 ming AQSh dollari talab qilgan sudyaning noqonuniy harakatlari fosh etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudining tergov sudyasi Urganch shahrida yashovchi fuqaroga nisbatan JIB Tuproqqal’a tuman sudida ko‘rilayotgan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga hal qilib, oqlov hukmini chiqartirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qiladi.

Shundan so‘ng, tergov sudyasi 2 ming AQSh dollarini naqd pulda va 24 mln. so‘mni esa plastik karta orqali oladi.

Ammo, bergan va’dasining ustidan chiqmagan sudya muqaddam olgan pullarini qaytarayotgan vaqtida DXX, Oliy sud va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddasi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:45 03.07.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!