27-31 yanvar kunlari O‘zbekiston miqyosida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbir o‘tkazildi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxs qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. 399 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi.
536 nafar shaxs bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 521 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi.
Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiriladi.