Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filialining «O‘rtachirchiqtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi yetakchi muhandisi M.O. mahalliy MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida belgilangan me’yordan ortiq kompressor jihozlari o‘rnatilganligi uchun jarima rasmiylashtirmaslik evaziga 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ini «Hududgaz Toshkent» gaz taminoti filialining yetakchi muhandisi B.M. ko‘rsatmasiga asosan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham qo‘lga olindi.