Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

DXX: Quvasoyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

DXX: Quvasoyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filiali va “O‘zbekneftgazinspeksiya” Farg‘ona viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Quvasoy shahrining O‘rmiyon qishlog‘ida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Jumladan, mahalliy xususiy korxona tomonidan hech qanday hujjatlarsiz, yashirin ravishda tabiiy gazga ulanib, 3 ta xumdonda 72 ta yasama gaz yondirgichlar orqali ohak ishlab chiqarilgan.

Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning iyun oydan joriy yilning mart oyiga qadar 18 mln. 314 ming m³ tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanish natijasida davlat manfaatlariga 18 mlrd. 314 mln. so‘mlik zarar keltirilgan.

Holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:17 29.03.2023. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!