Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

DXX Amerikaga aldov yo‘li bilan yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi

A A A
DXX Amerikaga aldov yo‘li bilan yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi

DXX Amerikaga aldov yo‘li bilan yubormoqchi bo‘lgan shaxslarni qo‘lga oldi.

Toshkent shahrida yashovchi 3 nafar shaxs til biriktirib, 6 nafar fuqaroga viza hujjatlarini olib berish hamda Yevropa orqali AQShga ishga yuborish evaziga 32 ming dollari olgan vaqtida ushlandi.

Buxoroda muqaddam 3 marotaba sudlangan shaxs tanish hamshaharining ishonchiga kirib, unga elchixonadan viza olib, ishga yuborish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.
So‘ralgan puldan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand. 2 nafar shaxs o‘zaro kelishgan holda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni “O‘zbekiston-Turkiya-Portugaliya-Gvatemala-Meksika-AQSH” yo‘nalishi orqali AQShga yuborish evaziga 23 ming dollar talab qilishib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda esa samarqandlik shaxs o‘z hamyurtini “O‘zbekiston-Turkiya-Ispaniya-Gonduras-Meksika-AQSH” yo‘nalishi orqali Qo‘shma Shtatlarga yuborish evaziga 18 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Kiritildi: 10:12 09.02.2024. O'qildi: 949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!