O‘n minglab odamlar o‘z nomzodlarini qo‘llab-quvvatlash uchun marshda qatnashishdi. 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan rezidentlik saylovlarining 2-turida Varshava meri Rafal Tshaskovskiy va Milliy xotira instituti rahbari Karol Navroskiy g‘alaba uchun kurashadi.
Amaldagi hukumat qo‘llab-quvvatlayotgan, Yevropa Ittifoqiga moyil Tshaskovskiy “Vatanparvarlar bosh marshiga” boshchilik qildi. U Yevropa Ittifoqi bilan yaqin aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi tarafdorlari bilan birgalikda Konstitusiya maydonigacha yurib bordi.
Milliy-konservativ qarashlarga ega Navroskiyning tarafdorlari esa “Polsha uchun marsh”ni tashkil qilishdi. Ular Zam’kova maydonigacha yurib borib, milliy va diniy mazmundagi qo‘shiqlar kuylashdi. Navroskiy tarafdorlarining qo‘llarida migrasiyaga, Ukrainaga yordam va yevrointegrasiyaga qarshi plakatlar bor edi.
So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, har ikki nomzod ham deyarli teng — 46 foizdan ortiq qo‘llovga ega.