Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

DW: Isroil G‘azo shahrini “xavfli hudud” deb e’lon qildi va gumanitar tanaffuslarni to‘xtatdi

DW: Isroil G‘azo shahrini “xavfli hudud” deb e’lon qildi va gumanitar tanaffuslarni to‘xtatdi

Bu qaror Isroil armiyasi shaharga keng miqyosli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda qabul qilindi.

Nashrning xabar berishicha, G‘azoda gumanitar tashkilotlar aholiga yordam yetkazishi uchun joriy qilingan “taktik tanaffuslar” bekor qilindi. Bu tanaffuslar shahar bo‘ylab iyul oyi oxiridan beri amal qilib kelayotgan edi. O‘shanda ocharchilik haqidagi ko‘plab xabarlar fonida Isroil gumanitar yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlagandi.

Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) bayonotiga ko‘ra, G‘azo sektori HAMAS guruhining so‘nggi tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi, shuning uchun shahar Isroil nazorati ostiga olinishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab xalqaro tashkilotlar G‘azo shahrida jang olib borishning jiddiy oqibatlaridan ogohlantirmoqda, chunki bu yerda butun sektorning muhim ahamiyatga ega infratuzilma ob’ektlari va tibbiyot muassasalari joylashgan.

Kiritildi: 09:14 30.08.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!