Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

DW: Gruziyada NATO davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

DW: Gruziyada NATO davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

Nashrning xabar berishicha Agile Spirit nomli harbiy mashg‘ulotlari 8 avgustgacha davom etadi. Unda NATO'ga a’zo yetti mamlakat, shuningdek, Gruziya, Ukraina va Moldovadan ikki mingdan ortiq harbiy xizmatchi qatnashmoqda. Mazkur mashg‘ulotlarning bir qismi Turkiyada o‘tkazilmoqda.

Gruziya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu mashqlardan maqsad ishtirokchi armiyalarning jangovar tayyorgarligini oshirish va ularning o‘zaro muvofiqlikdagi harakatlarini kuchaytirishdan iborat.

"NATO va Yevropa Ittifoqi Qora dengiz mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilmoqda, bu Rossiya ta’siriga qarshi qaratilgan", deya qayd etadi AFP.

Kiritildi: 13:29 26.07.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!