Nashrning xabar berishicha, deputatlar Germaniya Federativ Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlab qo‘yilgan va hukumatni byudjet mablag‘larini tejamkorlik bilan sarflashga majbur qiluvchi “qarz to‘sig‘i” mexanizmini isloh qilishni qo‘llab-quvvatlagan.
Mudofaa xarajatlari va federal yerlar ehtiyojlari uchun ushbu “to‘siq”ni yumshatishga qaror qilindi. Shuningdek, maxsus infratuzilma jamg‘armasi uchun 500 milliard yevro ajratishga kelishildi.
Qonun loyihasi XDI/XSI parlament fraksiyasi va Germaniya Sosial-demokratik partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 513 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, 207 parlament a’zosi esa qarshi chiqdi. Endi qonun loyihasini federal yerlar vakillik organi — Bundesrat ma’qullashi kerak.