Da’vo arizasiga Nyu-York, Arizona, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Men, Minnesota, Nevada, Nyu-Meksiko, Oregon va Vermont shtatlarining demokrat bosh prokurorlari qo‘shildi.
Ular “noqonuniy tariflarga” qarshi chiqmoqda va “prezident konstitusiyaviy tartibni izdan chiqarib, Amerika iqtisodiyotiga tartibsizlik olib kelganini” ta’kidlashmoqda. Da’vo Nyu-Yorkda joylashgan Qo‘shma Shtatlar Xalqaro savdo sudiga topshirildi.
2 aprel kuni Donald Tramp AQShga 185 ta davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga boj to‘lovlari joriy etilganini e’lon qildi. Asosiy stavka 10% etib belgilandi, ko‘plab mamlakatlar uchun esa bu ancha yuqori bo‘ldi.
9 aprel kuni prezident 75 dan ortiq davlat uchun bojlarni joriy etishni 90 kunga kechiktirdi, shu vaqt mobaynida ular uchun 10% stavka saqlanib qolishi bildirdi.