Ertaga, 6 noyabr kuni Andijon viloyatidagi “Do‘stlik” chegara bojxona posti harakatlanuvchi tashuvchilar va haydovchilar uchun yopiladi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona postida axborot tizimlarida texnik ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan mazkur postga tutash Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024 yil 6 noyabr kuni yuk va yengil avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Engil avtotransport vositalari Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti orqali, yuk avtotransport vositalari esa Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali harakatlanishi mumkin. Piyodalar esa bemalol o‘taveradi”, deyiladi xabarda.