Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov markazlashtirilmagan Cocoon maxfiylik tarmog‘i ishga tushirilganini ma’lum qildi. Bu haqda tadbirkor 30 noyabr kuni o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Bizning markazlashtirilmagan maxfiylik hisoblash tarmog‘imiz Cocoon ishga tushirildi. Sun’iy intellektga oid birinchi foydalanuvchi so‘rovlari endi Cocoon tomonidan 100% maxfiylik bilan qayta ishlanadi", deb yozadi Durov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha qimmatroq va yomon maxfiylikni ta’minlovchi markazlashgan hisoblash xizmatlarini almashtiradi.
Durov platformani an’anaviy hisoblash quvvati provayderlari bilan bog‘liq iqtisodiy va maxfiylik muammolariga yechim sifatida ko‘radi.