O‘zini NUJlar ovchisi deb atayotgan ufolog Skott Uoring tomonidan ijtimoiy tarmoqqa juda g‘alati video joylandi.
Unda sirli 51-Hudud yaqinida yuk mashinasida turgan NUJni ko‘rishingiz mumkin, deb xabar beradi “planetanovosti.com”.
Ta’kidlanishicha, videoda disk shaklidagi g‘alati narsa tasvirlangan bo‘lib, tasvirning sifatsizligi sababli, uning qanday ob’ekt ekanligini tasdiqlash juda mushkulligiga qaramasdan video muallifi ushbu jismning o‘zga sayyoraliklar kemasi ekanligiga amin.
“Ammo "Noma’lum uchar jism" mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shunchaki ulkan chodir yoki ayvon bo‘lishi ham mumkin. Xuddi shu fikrni NASA vakillari ham bildirishmoqda”, deyiladi xabarda.