Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Dunyoning eng shimolidagi masjid haqida eshitganmisiz?

Dunyoning eng shimolidagi masjid haqida eshitganmisiz?

69-parallel chizig‘ida, Yer sharining eng chetida, Taymir yarimorolida Nurd-Kamal masjidi joylashgan bo‘lib, Shimoliy qutb mintaqasidagi eng birinchi qurilgan masjiddir. U Rossiyaning Norilsk shahrida bunyod etilgan.

Masjid tatar millatiga mansub tadbirkor Midexat Nurdinovich Bikmayev mablag‘lari hisobidan qurilgan bo‘lib, unga otasi Nurdin va onasi Gaynikamal ismlarini birlashtirib, “Nurdkamal” deb nom qo‘yilgan.

Norilsk shahrida ko‘p musulmonlar istiqomat qilib, ular deyarli shahar aholisining uchdan bir qismini tashkil etadi. Ular asosin ozarbayjonlar, chechenlar, lezginlar, avarlar va boshqa millatlardan iborat. Bundan tashqari shaharda sezilarli darajada Markaziy Osiyoning o‘zbek, qirg‘iz va tojik xalqlari vakillari ham istiqomat qilishadi. Qolaversa, Norilskda nganasan elati (mahalliy Sibir xalqining vakillari) ham yashaydi. Ular Islom dinini qabul qilishgan bo‘lib, tez-tez masjidlarga qatnab turadilar. Birgalikda barchalari Rossiyaning uzoq shimolida katta ta’sirga ega bo‘lgan musulmon diasporasini shakllantiradilar.


 

Masjid joylashgan hududda havoning harorati qish paytlarida - 50º darajadan pastga tushib ketadi. Musulmonlar esa bunday ob-havoga parvo qilmay, masjidga qatnab, ibodatlarini jamoat bilan ado etadilar. Jum’a namoziga keluvchi namozxonlar soni 500 kishidan oshadi.

Masjidning qurilishi 1993 yilda boshlangan. Uning ochilish marosimi 1998 yil 19 sentyabrda bo‘lib o‘tdi. Masjid devor va minorasi feruza rang qilib ishlangan bo‘lsa, masjidning xonaqosi va minorasi gumbazi oltin rangda tovlanadi.

Ushbu Masjid “Dunyoning eng shimoliy masjidi” nomi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan.

Alloh taolo barcha masjidlar qatori ushbu masjidning darvozasini qiyomatga qadar ochiq va mo‘min-musulmonlar uchun ibodat, ilm-ma’rifat maskani bo‘lishini nasib etsin!

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 16:25 25.11.2019. O'qildi: 3858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!