Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Dunyoning eng dahshatli halokati

Dunyoning eng dahshatli halokati

Ilm-fan va texnika qanchalik rivojlanmasin, halokatlar har doim sodir bo‘lgan va bo‘lmoqda. Ularning ayrimlarini oldini olsa bo‘ladi, ammo dahshatli halokatlarning oldini olishning iloji yo‘q, chunki  ular ona-tabiatni “xohish irodasi” bilan sodir bo‘lgan.

1883 yilda Krakatau vulqonining otilishi

Tabiiy ofatlar, tabiat oldida biz qanchalik kuchsiz va ojiz ekanligimizni yaqqol isbotlab beradi. Biroq dunyodagi barcha halokatlar – 1883 yilda sodir bo‘lgan, Krakatau vulqoni otilishi oldida hech narsa emas.

20 may kuni Krakatau vulqoni tepasida hosil bo‘lgan ulkan tutunli uyumni ko‘rish mumkin edi. O‘sha onda hatto 160 km uzoqlikda joylashgan uylarning oynalari titrab ketdi. Yaqin atrofdagi barcha orollar qalin tutun va quyum qurshovida qoldi. Vulqon otilishi 27 avgustgacha davom etdi. So‘nggi otilish eng yuqori natijaga yetdi, uning oqibatida hosil bo‘lgan tovush to‘lqinlari Yer sharini bir necha marta aylanib chiqdi. Zond ko‘rfazida suzib yurgan kemalarning kompaslari ishdan chiqdi.

O‘sha portlashlar orolning Shimoliy qismini suv ostiga g‘arq bo‘lishiga  olib keldi. Vulqon otilishi natijasida dengiz tubi bir muncha ko‘tarildi. Ko‘plab tutun va quyum bir necha yil davomida atmosferada saqlanib qoldi.

Balandligi o‘ttiz metrni tashkil qilgan sunami uch yuzga yaqin aholi yashash maskanlarini yuvib ketdi va 36000 insonni hayotdan olib ketdi.

Kiritildi: 06:00 11.08.2019. O'qildi: 4765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!