Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Dunyoning eng boy milliarderlaridan biri sun’iy intelekt haqida gapirdi

Dunyoning eng boy milliarderlaridan biri sun’iy intelekt haqida gapirdi

Bill Geyts sun’iy intellekt va kelajak haqida gapirdi.

Bill Geytsning aytishicha, keyingi 5 yil ichida sun’iy intellekt bizning kompyuterlar bilan o‘zaro munosabatimizni tubdan o‘zgartiradi.

U mustaqil ilovalar o‘rniga oddiy tilda so‘rovlarni qayta ishlashga qodir sun’iy intellekt agentlar xizmatlarini taklif qiladi. Bu esa dasturiy ta’minot sanoatida inqilob hisoblanadi.

Uning ta’kidlashicha, agentlar foydalanuvchini shaxs sifatida tan oladi va uning ehtiyojlarini bashorat qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Sun’iy intellekt sog‘liqni saqlash (tashxis va davolash), ta’lim (ma’lumot berish, tekshirish va baholash), biznes boshqaruvi va boshqa sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Umuman olganda, Bill Geytsning fikriga ko‘ra, kelgusida sun’iy intellekt hayotimizning har bir jabhasining ajralmas qismiga aylanadi.

Kiritildi: 15:17 14.11.2023. O'qildi: 2556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!